Monthly Archive Aprel 2021

Bystxtb

Britaniya Menejment Universiteti bilan memorandum imzolandi

Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va Britaniya Menejment Universiteti bilan memorandum imzolandi. Universitet bitiruvchi yoshlarni oʻqishga taklif etmoqda, hamda Sergeli tumani Ingliz tili oʻqituvchilarini Yevropa Ittifoqi talablari chet tilini bilish darajasi CEFR-C1 sertifikatiga ega boʻlish uchun oʻquv seminar treninglar uyushtirib bormoqda BMU (British Management University) Professor oʻqituvchilari Sergeli tumani maktab oʻqituvchilari hamda oʻqvchilarga esdalik sovgʻalari ulashdilar.

Bystxtb

Matematik poyezd

Oʻqituvchining har bir mashgʻuloti qiziqarli , oʻquvchilarni kreativ fikrlashini rivojlantiruvchi, dunyoqarashini shakllantiruvchi, har bir masala yuzasidan oʻz fikrini bildira olishga va izlanishga undovchi boʻlishi kerak. Doimiy ravishda shu talablarga javob beradigan mashgʻulotlar oʻtib kelayotgan 300-IDUM matematika fani oʻqituvchisi Shaniyazova Mavjuda Murzayevnaning «Matematik poyezd» deb nomlangan mashgʻulotidan lavhalar.

Bystxtb

PIRLS-2021 tadqiqotlari

        Joriy yilning 14-aprel kuni Sergeli tumanidagi 322-maktabida  Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan ta’lim loyihasi ko’magida O’zbekiston Respublikasi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi o’rtasida tuzilgan shartnoma doirasida  PIRLS-2021 tadqiqoti amalga oshirildi.Unda 322-maktabning qur’a tashlash yo‘li bilan tanlangan 4-“A” va 4-“K” sinflarining jami 55 nafar o‘quvchilari  matnni o’qib tushunish darajasini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqot ishtirokchilari bo‘lishdi. Tadqiqot jarayonida ishtirok etgan 4-sinf o‘quvchilarining ota-onalari ham ilk           so‘rovnomalarda ishtirok etdi.


Bystxtb

«Biz korrupsiyaga qarshimiz»

«Biz korrupsiyaga qarshimiz» insholar tanlovining shahar bosqichida Sergeli tumanidagi 267-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf o’quvchisi Boltaboyeva Diyora faxrli I o‘rinni egalladi.